Foydalanish shartlari
1-tahrir, 6-oktabr 2026
1. Sayt haqida
allmax.uz sayti «Allmax» MChJga tegishli. Saytdan foydalanib, siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Xaridlar «Ommaviy oferta» asosida amalga oshiriladi.
2. Hisob
Hisobga telefon raqami (SMS kod) yoki Telegram orqali kirasiz. Kodni hech kimga bermang; hisobingizdagi harakatlar uchun o‘zingiz javobgarsiz. Shartlarni buzgan hisoblar bloklanishi mumkin.
3. Kontent
Saytdagi matnlar, suratlar va dizayn mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ruxsatsiz nusxa ko‘chirish va tijoriy maqsadda foydalanish taqiqlanadi. Ayrim suratlar namoyish maqsadida ishlatilgan; tovar rangi monitor sozlamalariga qarab biroz farq qilishi mumkin.
4. Sharhlar va savollar
Sharhlar moderatsiyadan o‘tadi. Haqoratli, reklama yoki boshqa shaxslarning ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan sharhlar e’lon qilinmaydi.
5. Narxlar va aksiyalar
Narxlar va aksiya shartlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgarishi mumkin. Rasmiylashtirilgan buyurtma narxi o‘zgarmaydi. Narxdagi aniq texnik xatoliklar holatida Sotuvchi buyurtmani bekor qilish va to‘lovni qaytarish huquqiga ega.
6. Javobgarlikni cheklash
Sotuvchi uchinchi tomon xizmatlari (to‘lov tizimlari, yetkazib berish) uzilishlari uchun javobgar emas, lekin muammoni tezda hal qilishga yordam beradi.
7. Amaldagi qonun
Ushbu shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga bo‘ysunadi.